Начальная

Windows Commander

Far
WinNavigator
Frigate
Norton Commander
WinNC
Dos Navigator
Servant Salamander
Turbo Browser

Winamp, Skins, Plugins
Необходимые Утилиты
Текстовые редакторы
Юмор

File managers and best utilites

Sog‘lom turmush tarzi va uning yetti qoidasi. Реферат соглом турмуш тарзи


Соғлом турмуш тарзи ва унинг етти қоидаси

Соғлом турмуш тарзига риоя этиш кўплаб муаммоларнинг олдини олиш демакдир. Бугун ушбу мавзуга жуда кўп дуч келаяпмиз. Бир қараганда қийин кўринувчи, анчагина куч, сабр ва ирода, вақт ва шароит талаб этувчи соғлом турмуш тарзининг асосий қоидалари нималардан иборат? Ўзгаларга маслаҳат беришдан осон иш йўқ бўлиб турган бугунги кунда қандай қилиб соғлом турмуш тарзига риоя этиш мумкин? Қуйидаги соғлом турмуш тарзининг энг муҳим 7 қоидаси сизу бизга аввалдан маълум бўлган, бироқ ҳаётнинг майда-чуйда ташвишлари билан ёдимиздан кўтарилган ва амалга ошира олмай қолган тартибларни ёдга солса не ажаб.

1. Спорт.

Спорт — умримиз охирига қадар соғлом ҳаёт кечиришнинг асосий шартларидан. У ёш ҳам, жой ҳам, ҳаттоки шарт-шароит ҳам танламайди. Унинг кўринишлари, шакллари, усуллари кўп. Ёга, пилатес, пиёда юриш, югуриш, турникка тортилиш, отжимания, рақс, рафтинг, бодибилдинг, гимнастика, футбол ва ҳоказо турлари бор. Истаганингизни танланг, жисмонан фаол бўлсангиз кифоя. Ҳар куни эмас, кунора 30-60 дақиқа спорт билан шуғуллансангиз, соғлом бўлишингиз учун етарли.

Камроқ ўтириш ва кўпроқ ҳаракатланиш керак. Агарда касбингиз ўтириб ишлашни тақозо этса, ҳар соатда камида 5 дақиқа танаффуз қилинг ва бу вақтда турли енгил машқларни бажариб, елка, бел ва оёқлар чигилини ёзинг.

2. Тўғри овқатланиш.

Овқатланиш ратсионингизга табиий маҳсулотлар — мева ва сабзавотлар, витамин ва минералларга бой озиқ-овқатларни кўпроқ киритинг. Овқатланиш ратсионининг 65 фоизини мева ва сабзавотлар, нон ва турли бўтқалар ташкил этиши, 30 фоизи гўшт ва сут маҳсулотлари, 5 фоизи ширинлик ва ёғларга ажратилиши лозим. Озуқалар имкон қадар янги, мавсумга мос бўлиши лозим. Баҳор ва ёзда ўсимликлар, қишда оқсил ва ёғга бой маҳсулотларга кўпроқ ўрин ажратилиши лозим. Ҳар куни 2 литр атрофида сув ичинг.

Фастфуд, газли ичимликлар, ярим тайёр маҳсулотлар, чипс ва кириешкилар, бошқа кўплаб сунъий таъм, ранг ва шакл берилган озуқалардан воз кечинг.

Овқатланишда хилма-хил таомларни аралаштириб юбормаслик лозим. Мевалар овқатдан ярим соат аввал, чой ва ичимликлар 1-2 соат кейин истеъмол қилиниши зарур. Кечки 19-00дан кейин фақатгина бир оз олма тановвул қилишга ижозат берилади.

3. Зарарли одатлар.

Организмимизнинг асосий душманларидан бўлмиш тамаки ва алкогол маҳсулотлари, турли зарарли одатлар (уларни ўзингиз яхши биласиз)дан воз кечиш орқали соғлом турмуш тарзига кенг йўл очинг. Ҳар бир чекилмаган сигарет, ичилмаган ҳар бир стакан ароқ сизнинг соғлом ҳаёт кечириш сари ташлаган муҳим қадамингиздир.

4. Кун тартиби.

Кун тартибига қатъий риоя этинг. Биринчи навбатда — 8 соатлик уйқу! Иккинчидан, куннинг бир вақтида ухлаш ва муайян вақтида уйғонишга одатланиш! Уйқунинг бузилиши аста-секинлик билан инсон руҳияти, ҳиссиётларига зиён етказади, ишчанлик кайфиятини йўқотади, кейинчалик турли сурункали, жиддий хасталикларнинг ривожланишига сабаб бўлиши мумин.

5. Ижобий кайфият.

Соғлом турмуш тарзининг яна бир муҳим қоидаси — ёрқин ва ижобий кайфият! Ҳаётдан кўпроқ завқ олинг, муваффақиятсизлик, омадсизликларга кўп эътибор қаратманг, доимо олға интилиш учун куч топа билинг ва одамларга нисбатан ғараз, гина-кудурат, ёмон гумонлар сақлаб юрманг, кечиримли, бағрикенг бўлинг. Нодонлар билан асло тенглаша кўрманг!

6. Тоза ҳаво.

Уйингиз, хона ва иш кабинетингизни доимо тоза тутинг, ҳар куни уни артиб-тозаланг, деразаларни очиб, тоза ҳаво киришини таъминланг. Нормал жисмоний ҳолатда бўлиш учун албатта чуқур ва тўғри нафас олишни билиш лозим. Табиат қўйнида сайр қилиш, ойналарни маълум муддат очиб қўйиш, томорқа ёки очиқ ҳавода жисмоний меҳнат қилишга етадигани йўқ.

7. Шахсий гигиена.

Овқатланишдан аввал ва кейин албатта қўлларни ювиш, уйқудан олдин ва овқатлангандан кейин тишларни тозалаш, тоза кийим, умуман, тозаликка қатъий риоя этиш соғлом турмуш тарзининг асосий шартларидан ҳисобланади.

Унутманг! Соғлом турмуш тарзи, бу — ҳар қандай касалликлар профилактикаси ва саломатлик, куч-қувват гаровидир. У инсоннинг турли қирраларини ривожлантириш, муваффақиятга эришиш гаровидир. Соғлом турмуш тарзи қоидаларига риоя этган одам оиласи, меҳнат жамоаси, умуман, жамиятда ўз ўрнига эга бўлади, турли мураккаб вазиятларни енгиб ўтиш, ҳаёт қийинчиликлари олдида ўзини йўқотмасликка ўрганади.

Яна бир гап! Соғлом турмуш тарзи қоидалари бир-бирини қўллаб-қувватлайди, бири иккинчисиз содир бўлиши амримаҳол. Уларни эртага қолдирмасдан, ҳозироқ амалга оширишни бошлаш билан соғлом ва бахтли ҳаёт сари илк қадамларимизни ташлаган бўламиз.

www.erkak.uz

Sog‘lom turmush tarzi va uning yetti qoidasi

Sog‘lom turmush tarziga rioya etish ko‘plab muammolarning oldini olish demakdir. Bugun ushbu mavzuga juda ko‘p duch kelayapmiz. Bir qaraganda qiyin ko‘rinuvchi, anchagina kuch, sabr va iroda, vaqt va sharoit talab etuvchi sog‘lom turmush tarzining asosiy qoidalari nimalardan iborat? O‘zgalarga maslahat berishdan oson ish yo‘q bo‘lib turgan bugungi kunda qanday qilib sog‘lom turmush tarziga rioya etish mumkin? Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi sizu bizga avvaldan ma’lum bo‘lgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.

1. Sport.

Sport — umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjimaniya, raqs, rafting, bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.

Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffuz qiling va bu vaqtda turli yengil mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.

2. To‘g‘ri ovqatlanish.

Ovqatlanish ratsioningizga tabiiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq kiriting. Ovqatlanish ratsionining 65 foizini meva va sabzavotlar, non va turli bo‘tqalar tashkil etishi, 30 foizi go‘sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yog‘larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos bo‘lishi lozim. Bahor va yozda o‘simliklar, qishda oqsil va yog‘ga boy mahsulotlarga ko‘proq o‘rin ajratilishi lozim. Har kuni 2 litr atrofida suv iching.

Fastfud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, chips va kiriyeshkilar, boshqa ko‘plab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.

Ovqatlanishda xilma-xil taomlarni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqatdan yarim soat avval, choy va ichimliklar 1-2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki 19-00dan keyin faqatgina bir oz olma tanovvul qilishga ijozat beriladi.

3. Zararli odatlar.

Organizmimizning asosiy dushmanlaridan bo‘lmish tamaki va alkogol mahsulotlari, turli zararli odatlar (ularni o‘zingiz yaxshi bilasiz)dan voz kechish orqali sog‘lom turmush tarziga keng yo‘l oching. Har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog‘lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.

4. Kun tartibi.

Kun tartibiga qat’iy rioya eting. Birinchi navbatda — 8 soatlik uyqu! Ikkinchidan, kunning bir vaqtida uxlash va muayyan vaqtida uyg‘onishga odatlanish! Uyquning buzilishi asta-sekinlik bilan inson ruhiyati, hissiyotlariga ziyon yetkazadi, ishchanlik kayfiyatini yo‘qotadi, keyinchalik turli surunkali, jiddiy xastaliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumin.

5. Ijobiy kayfiyat.

Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan ko‘proq zavq oling, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmang, doimo olg‘a intilish uchun kuch topa biling va odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar saqlab yurmang, kechirimli, bag‘rikeng bo‘ling. Nodonlar bilan aslo tenglasha ko‘rmang!

6. Toza havo.

Uyingiz, xona va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib-tozalang, derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang. Normal jismoniy holatda bo‘lish uchun albatta chuqur va to‘g‘ri nafas olishni bilish lozim. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, oynalarni ma’lum muddat ochib qo‘yish, tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo‘q.

7. Shaxsiy gigiyena.

Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo‘llarni yuvish, uyqudan oldin va ovqatlangandan keyin tishlarni tozalash, toza kiyim, umuman, tozalikka qat’iy rioya etish sog‘lom turmush tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi.

Unutmang! Sog‘lom turmush tarzi, bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir. Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi.

Yana bir gap! Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri ikkinchisiz sodir bo‘lishi amrimahol. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlash bilan sog‘lom va baxtli hayot sari ilk qadamlarimizni tashlagan bo‘lamiz.

www.erkak.uz

Sog`lom turmush tarzi -salomatlik

Sog`lom turmush tarzi -salomatlik

garovi

    Ushbu uslubiy qo`llanma insoniyatning aqliy va jismoniy kamoloti kushandasi hisoblangan psixoaktiv moddalar haqida.                     

       Qo`llanmada narkotik va spirtli ichimliklar, nos, tamaki va asr vabosi bo`lgan OITS xastaligini kelib chiqishi va oldini olish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Berilgan ma'lumotlardan barcha ta'lim tarbiya muassasa xodimlari o`z ish faoliyatlari davomida foydalanishlari mumkin.

Kelajagdagi buyuk mustaqil yurtimiz uchun barkamol, vatanparvar, yuksak madaniyatli, ma'naviy qadriyatlarni tarbiyalashimiz lozim.

Ham jismonan, ham ma'naviy sog`lom avlodning turmush tarzini yaratish davr taqazosidir. Prezidentimiz Islom Abdug`anievich ta'kidlaganlaridek,  "Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta'lim-tarbiya berish bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi". Bu esa, barcha tashkilotlarning xamkorlikdagi faoliyati, kuch-qudrati, zakovati va yoshlarga sog`lom turmush tarzi tamoillarini singdirish orqaligina amalga oshirish muqarrar.

 O`zbekiston Respublikasi inson salomatligi haqida qancha g`amxo`rlik qilishiga qaramasdan, yoshlar orasida zararli hisoblangan psixoaktiv moddalarni ( narkotik va spirtli ichimliklar, nos, tamaki, nasha) iste'mol qilish holatlari uchrab turibdi.

 

^

  Insoniyat o`tkir spirtli ichimliklik ishlab chikarishni o`rganib olgandan buyon, uning o`zi bu ofat domiga tushib qolmaslik uchun kurashib keladi.

Afsuski, davrlar o`tishi bilan bu "kayfi shirin zaxar"ning xilma-xil turlari yaratildi. Bular ilgaridan ma'lum bo`lgan may, sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan spirt, aroq, konyak, vino, pivo va boshqa shunga o`xshash narsalardan iborat bo`lib, barchasi inson umrining egovi hisoblanadi. Mazkur ichimliklar tarkibida etil spirit bo`lganligidan iste'mol qilgan kishini ma'lum muddatga sarxush qiladi. Bu odatni tez-tez takrorlash esa kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo`ladi.

         Afsuski, hozirgi davrda, hatto o`smir-yoshlar ham ichkilikbozlikka, giyoxvandlikka, kashandalikka ruju qo`yish qollari uchramoqda.

        Bolalar o`rtasida ichkilikbozlik, giyoxvandlik kabi tuzalishi qiyin bo`lgan vaboning tarqalishiga ota-onalarning o`z yumushlari bilan o`ta bandligi, bolalarni nazoratsiz qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo`yish, bolaning keragidan ortiq ta'minlanganligi va boshqa omillar sabab bo`lmoqda.

         Ma'lumki, spirtli ichimliklarni ise'mol qilish, turli narkotik moddalarni chekish mamlakat taraqqiyotiga, inson kamolotiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun ichkilik va nashavandlikdan saqlanishga da'vat etiladi.

          Spirtli ichimliklar insonning ma'nan va aqlan rivojlanishiga katta zarar yetkazadi. Undan ortiqcha iste'mol qilgan kishi na oilasi uchun, na jamiyat uchun foyda keltiradi, balki ularga katta talafotlar keltiradi. Kaykovus, Yusuf Xos Xojib, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa'diy, Alisher Navoiy, Bobur kabi donishmandlarimiz xam kilikbozlikning zararli oqibatlarini ko`satib, odamlarni unga ruju qo`yslikka davat etganlar.

          Alisher Navoiy ichuvchi kishi "yomon itdek odamlarga o`z-o`zidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it emas, qopadigan it desa ham bo`ladi. Bunday odam or-nomus, urf-odat va mulozamatlarni unutadi, rahm-shafqat degan tushunchalaridan  uzoqlashib ketadi, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz bir maxluxluqqa aylanib qoladi", deganla Kashandalik salomatlik uchun nihoyatda zararli odatlardan sanaladi. Sigaret chekish natijasida uning tarkibidagi nikotin moddasi inson a'zolariga qo`zqatuvchi ta'sir ko`rsatib, qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni yanada toraytiradi, nafasni tezlashtirib, ovqat hazm qilish tizimining shirasini ko`paytiradi.

         Chekish jarayonida nikotin va tamaki tutuni tarkibidagi boshqa moddalar inson a'zolarini zaharlaydi. Chekuvchilarning qadeb yo`taladiganbo`lib qolishi ana shundandir. Kashandalik oqiz bo`shliqi, tomoq, nafas yo`llarida o`smalar paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin. Chekuvchi odam kasal bo`lganda uning sog`ayishi ham og`ir kechadi. Chekish miya quvvatining pasayishiga olib keladi.

          Narkotik moddalarning qaysi turini ise'mol qilishdan qat'i nazar, hammasi ham naslga yomon ta'sir etadi, giyohvand ayol yoki erkakning  farzandlari tug`ma nogiron, mayib-majruh, aqli zaif, jismonan rivojlanmaydigan bo`lib tug`iladilar.

         Olim, Fozil Rizouddin ibn Faxruddin aytadi:

"Odam bolasi aqlli, g`ayratli bo`lib dunyoga keladi, lekin uning aqlini, g`ayrat va shijoatini ichkilik bitiradi. Dunyoda har narsani aksini ko`rsatib turuvchi narsa ichimlikdir. Bir kishiga ichkilik qadag`ini beruvchi odam u bechoraning vijdonini va bir oilaning umidini so`ndirib, eng buyuk jinoyat qilgan bo`ladi"

 d:\xusan_-\dokument\'s\foto\ilm-fan va sport\foto o\'zbekistonda sport.jpg

^

Immunitet-lotin tilida-immunitas-halos bo'lish degan ma'-noni bildirib, kimyoviy yot jismlari bo'lgan bakteriyalar, viruslar va ularning toksinlari, bir hujayrali eng sodda hay-vonlar, tekinho'r chuvalchanglar, gijjalar, organizmning aynib o'zgargan hujayralari, ya'ni rak hujayralar va organizmning o'lib borayotgan hujayralaridan himoyalanish demakdir. Immu-nitetning buzilishi autoimmun kasalliklar, allergiya, yangi tug'ilganlarning qator kasalliklarini rivojlanishi, rak paydo bo'lishi, ertaroq qarish, mikroorganizmlarga sezuvchanlikni oshishi, antibiotiklar ta'sir etaolmaydigan surunkali yuqumli jarayonlarni rivojlanishiga olib keladi.

^

Organizm himoya omillarining turli-tumanligi va immuni-tet mehanizmi, uning forma va turlarini turli-tuman tasnifi mavjudligidan dalolat beradi. Unga ko'ra immunitetning quyi-dagi turlari tafovut qilinadi:

1. Tabiiy immunitet: o'z navbatida tug'ma, orttirilgan va chaqaloqlar passiv immunitetiga bo'linadi.

2. Sun'iy immunitet: o'z navbatida vaksinasiyadan keyin paydo bo'ladigan faol hamda organizmga davo zardobi yoki gamma-globulin yuborilgandan keyin paydo bo'ladigan passif immunitetga bo'linadi.

Tabiiy tug'ma immunitet-kasallikka chalinmaslikning eng mustahkam formasi bo'lib, ushbu turning biologik, hamda tug'ma hossalari bilan bog'liq. Masalan: odamlar hayvonlar o'lati, tovuqlar vabosi, cho'chqalar terisining saramasi kasalligi bilan og'rimaydi. Hayvonlar esa odamlardagi gonoreya, zaxm, bo'g'ma, vaboga chalinmaydi. U yoki bu kasalliklarga chalinmaslikni bu xususiyati nasldan-naslga o'tadi.

Orttirilgan tug'ma immunitet odam yuqumli kasallikni boshidan kechirgandan so'ng paydo bo'ladi. U individual bo'lib nasldan-nalsga o'tmaydi. U o'ziga xos bo'lib, organizmni faqat o'tkazilgan kasallikdan himoya qiladi.

Chaqaloqlarning tug'ma passiv immuniteti ham tabiiy immu-nitet qatoriga kiradi. U ona organizmidan homilaga antitana o'tishi bilan bog'liqdir. Uning davomiyligi uzoq emas, ya'ni bir necha oydir.

Sun'iy immunitet. Uni organizmda sun'iy ravishda kasal-liklarni oldini olish, shuningdek yuqumli kasalliklarini davo-lash uchun hosil qilinadi. Sun'iy immunitetning faol va passiv turlari ajratiladi.

Passiv sun'iy immunitet odam organizmiga maxsus himoya moddasini, ya'ni immun antitana yuborilganda paydo bo'ladi. Ular kasallanib bo'lgan kishilar immun zardobi tarkibida bo'ladi. Immunitetni bu turi uzoq muddat saqlanmaydi (bir oyga qadar)

Faol sun'iy immunitet organizmga vaksina yuborilgandan so'ng paydo bo'ladi. Uning muddati 3-5 yil, shuningdek o'ldirilgan mikroblardan tayyorlangan vaksina ishlatilganda 1 yilgacha bo'ladi.

Immunitetni har xil tur va formalarga bo'linishi shartli hisoblanadi. Tug'ma yoki ortirilgan immunitetda ham organizm himoyasining bir hil a'zolar va to'qimalar tizimi amalga oshi-radi. Ularning asosiy vazifasi organizm ichki muhitini, ya'ni gomeostazni bir ma'romda saqlab turishga yo'nalgan.

^

          Giyoxvandlik ijtimoiy illat, ma'naviy va jismoniy kasalikdan boshqa narsa emas. Biroq, uning shavqatsiz fojea ekanligini teran anglamay, unga chalinib qolayotganlar oz emas. Psioaktiv moddalar (PAM) -alkogol', giyoxvand va taksik moddalarga ruju qo`yish, surunkali ravishda ularga o`rganib qolish qator mamlakatlar aholisi, ayniqsa yoshlar salomatligiga putur yetkazayotgan eng daxshatli muammolardan bo`lib qolmoqda. So`ngi yillarda tibbiy ko`rsatmalardan tashqari narkotik va taksik kayf qildiruvchi turli moddalarni qabul qilish ko`rsatgichlari shiddat bilan o`sib bormoqda. Eng xatarli tomoni shundaki, yoshlar orasida kuchli va og`ir sintetik giyoxvand moddalar kokain va geroin kabilarga extiyoj kuchayib borayotgani kuzatilmoqda, orasid  Giyoxvandlik qator tizimli bo`lishlari bilan tavsiflanadi. Eng avvalo modda almashinuvi jarayonida qo`pol o`zgarishlar ro`y beradi. Giyoxvand moddalar inson bosh miyayasiga maxsus ta'sir etib unga o`rganib qilishga olib keladi. Shu bilan birga, ular bosh miyaning muhim ichki a'zolarini chuqur zararlanishiga hamda imunitetning paysayib ketishiga olib keladi. Shaxsning salbiy tomonga o`zgarishi, xarakterning zaiflashishi, xulq-atvor buzilishi, jinoyatga qo`l urish, o`g`rilik sodir etish kabilari giyoxvandlik uchun xos bo`lgan holatlardir.Undan tashqari, maktab yoki o`quv yurtidagi umumiy intizomning buzilishi o`quvchi yoki talabalar o`zlashtirishining pasayishi, giyoxvandlikka xos muhit g`oyasining tarqalishi kabilar ham giyoxvandlik illatining yoshlar muhitiga kirib kelganligini anglatadi. Tibbiy tomondan, giyoxvandlik oqibatida gipotitlar, VIChlar, OITSlar jinsiy yo`l bilan yuqadigan kasalliklarning ko`payishi tendensiyasini kuzatish mumkin. Giyoxvand modda qabul qilayotgan bola qanchalik yosh bo`lsa, uning shunchalik tez va og`ir nogironlikka chalinishi, yoki erta o`lib ketish ehtimoli shu qadar ko`p bo`ladi. Shuning o`zi esa davlatning saloxiyatini pasaytiradigan omil hisoblanadi. Giyoxvandlikning maxsus belgisi sog`ayish imkoniyatining mavjud emasligidir. Ushbu kasallik surunkali bo`lib, kutilmagan har qanday vaqtda u qaytalanishi mumkin. Giyoxvandlik "Oq ajal" domiga ko`plab o`smirlarni kirib qolayotganligi qayg`uli xoldir. Barchaga ma'lum bo`lgan giyoxvand moddalardan tashqari so`ngi o`n yil ichida psixotrop narkotiklar qabul qilayotgan giyoxvandlar soni ko`payib bormoqda.

    "Narkotik "(giyoxvand modda) nima degani?http://uzigabek.clan.su/maqolalar/oits.jpg

Umumjaxon sog`liqni saqlash tashkilotining ta'rifiga ko`ra tibbiyotda qo`llanilishidan qat'iy nazar, kayf xissiyotini tug`diradigan va unga ruju qo`yishga olib keladigan xar qanday modda narkotik deb ataladi. "Narkomaniya" atamasi   Narkomaniya (yunoncha narxe-karaxtlik va mania-telbalik, jaxl, shod-xurramlik), bangilik, giyoxvandlik-narkotik ta'sirga ega bo`lgan moddalarni surinkasiga iste'mol qilish, unga moyil bo`lib qolish, narkotik modda bo`lmaganda esa bemorda xumor belgilarining paydo bo`lishi, oqibatda og`ir ruxiy, jismoniy, ma'naviy o`zgarishlar, ijtimoiy tushkinlik bilan kuzatiladigan kasallikdir.

Narkomaniya sotsial muammodir. Sobiq ittifoq davriga qadar Rossiyada, shuningdek, O`rta Osiyoda narkotiklarni turmishda qabul qilish, xususan opium chekish tufayli narkomaniya juda xam keng tarqalgan, katta shaxarlarda esa kokain va narkotiklarning boshqa xillarini qabul qilish keng tus olgan edi.

     Lekin sobiq ittifoq davrida, barcha ma'lumotlar xalq ommasidan yashirilishi tufayli narkomaniyaga barxam berilgandek bo`lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, barcha ma'lumotlar to`qri ko`rsatilishi tufayli birdaniga narkoman va toksikomanlar soni ko`payib ketgandek bo`ldi.  Shuningdek XX asrning oxiriga kelib butun jaxon miqyosida xam narkomanlarning soni kundan-kun ortib borayotgan edi va ortib bormoqda. Shuning uchun xam narkomaniya kasalligini xuddi OITS kabi "XXI asr vabosi" deb atasak mubolag`a bo`lmaydi. Kasallanish darajasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarini qamrab olib, butun bir epidemiyaga aylanib qolmoqda.

      Bu kasallik tufayli xar yili dunyo bo`yicha millionlab kishilarning yostig`i qurimoqda. Narkomanlarning o`rtacha yashash umrlari statistika ma'lumotlariga ko`ra 35-40 yoshni tashkil etadi.

Respublikamizda 1995 yilda giyoxvandlarning umumiy soni 6578 kishini 1996 yilda esa 7612 kishini tashkil etdi, ya'ni bir yilda 1000 nafar bemorlar ko`paygan. 2003 yilning birinchi yanvar xolatiga 12082 kishini tashkil etdi. Viloyatimizda 1993 yilda xammasi bo`lib narkomanlar soni 328 kishini tashkil etgan bo`lsa, 1998 yilga kelib 972 kishini, 2003 yilning birinchi yanvar xolatiga esa 1127 kishini tashkil etdi. Giyoxvandlik asosan o`smirlar orasida ko`payib bormoqda.

     Bu ko`rsatkichlar Respublikamizda ham narkomanlarning soni yildan-yilga ortib borayotganligidan dalolat berib turibdi. Shuning uchun ham Respublikamizda xurmatli prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligida narkomaniyaga, narkotik vositalarni oldi-sotti qilishlarga qarshi nafaqat milliy miqyosda, qolaversa xalqaro miqyosda ham faol kurash olib borilmoqda va olib boriladi ham. Respublikamiz rahbariyati tomonidan narkotik vositalar ustidan nazorat qilish bo`yicha xalqaro shartnomalarning barcha moddalari aniq-ravshan bajarib kelinmoqda.

     Respublikamizda yaxshi tashkil etilgan chegara va bojxona xizmati narkotiklarni chet eldan kontrabanda yo`li bilan Respublikamizga olib o`tishga deyarli imkon bermaydi. Lekin xali ham bunday xollar uchrab turibdi. Bu esa Respublikada narkomaniyani ko`payishiga turtki bo`lmoqda.

Respublikamizdagi qonunchilik aktlarida narkotik moddalarni saqlash, tayyorlash va ishlatish qoidalarini buzish qat'iy jinoiy javobgarlikka tortilishi ko`zda tutilgan. Qonunda narkotik moddalarni qabul qilishga undaganligi uchun ham jinoiy javogarlikka tortilishi ko`zda tutilgan. Ayniqsa balog`atga yetmagan bolalarni shu ishga undash, unga jalb etish og`ir jinoyat xisoblanadi.

     Narkotik dori vositalarini O`zbekison Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan, faqat vrachning aloxida №4-sonli formasi, ya'ni dorinoma asosida davolash maqsadlarida berilgan va berilmoqda. Dorinoma blankalarining seriya nomerlari maxsus xisobga olib boriladi. Davolash-profilaktika muassasalari narkotik dorilarga berilgan dorinomalar soni bo`yicha muntazam ravishda xisobot berib turadilar. Narkotik dori vositalari dorixonalarda va davolash-profilaktika muassasalarida ham mavjud tasdiqlangan qo`llanmalarga asosan maxsus seyflarda saqlanadi. Xozirda narkotik vositalarni ichki ishlar tomonidan butunlay davlat nazoratiga olingan bo`lib, faqat davolash hamda ilmiy tekshirish maqsadlarida foydalanish uchun beriladi.

 

^ .

     Narkomaniya va toksikomaniya keltirib chiqaradigan moddalarga biologik muxtojlik borligi tasdiqlanmagan. Bu narkomaniya kasalligining rivojlanishda ijtimoiy (nototo`qri tarbiya, tevarak-atrofning ta'siri, oiladagi salbiy kelishmovchiliklar), Narkomaniya narkotik moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu kasallik bilan og`rigan kishining jismoniy va ruxiy xolati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda ise'mol qilishiga bog`liq.          

      Narkomaniya organizmda chuqur o`zgarishlarga sabab bo`ladi va uni tanazulga olib keladi. Kasallik sekinasta rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar xursandchilik, vaqtichoqlik, xotirjamlik xissini uyg`otib, kayf qildirishi sababli istemol qilinib, bora-bora kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki xolda narkotik moddalarga o`rganib qolish mumkin.

    Birinchi xolda kishi o`z xoxishidan tashqari, e'tiborsizligi natijasida narkotik moddalar xumor qiladigan bo`lib qoladi. Bunday bangilik ko`pincha vrach byurgan narkotik moddalarni noto`qri iste'mol qilish natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta'sir qilib, tashvish kuchayib ketadi, ba'zi kasallar oqriq, uyqusizlik va dardning boshqa tomonlaridan qutilish maqsadida oxirini o`ylamay, vrach ko`rsatmasini ham pisand qilmay, o`zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul qilishadi. Bunday bemorlar odatda o`z axvollarining yaxshilanishi dori tufayli bo`layotganini sezib, uni ichishni davom etira boshlaydilar va ko`pincha axvollarining oqirligidan nolib, vrachni oldaydilar. Shu zayilda ish tutishning oqibati yomon bo`lib, narkotik moddalarga unchalik zarurat bo`lmasa ham, uni qabul qilinaveradi, dorining esa organizmga narkotik ta'siri yanada orta boradi va natijada narkotik moddaga moyillik kuchayib, u xumor qiladigan bo`lib qoladi. Narkotik modda dozasini o`zboshimchalik bilan  o`zgartira borish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi.

        Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida narkotik moddalarga o`rganishdir. Narkomaniyaga odatda o`zini tiya bilmagan, ruxan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taxlid qiladigan, xumorini tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan, o`ta xudbin kishilargina beriladi. Bunday kishilar o`z mayillariga qarshi yurolmaydilar. Shuning uchn ularning kayf qilishga moyilliklari kuchli bo`ladi. Bangillik avj olib ketadi. Bu kasallikka uchraganlarda kasalik juda ham og`ir kechib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi.d:\xusan_-\dokument\'s\foto\ilm-fan va sport\foto odam suyak sistemasi.jpg

        Bangilikka mubtalo bo`lganlar narkotik moddalarni qayta-qayta va ko`proq miqdorda ise'mol qilgisi kelaveradi. Keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan tura olmaydigan, o`sha bo`lmasa xuddi "biror narsa yetishmayotganday" bo`lib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va o`zini bir oz yengil xis qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, narkotik moddalar kuchini yo`qotgandek bo`lib qoladi, endi avvalgidek xumor tarqatish uchun doridan ko`proq miqdorda ise'mol qilgisi keladi. Oldiniga narkotik modda bir muncha sal'biy ta'sir ko`rsatgan bo`lsa, keyinchalik go`yoki, uning holatini "normallashtirganga" o`xshaydi, bemor o`zini birmunch yaxshi his qiladi, demak organizm endi haqiqiy bangilikka berilib qolgan bo`ladi. Agar narkomanlarda avval ruxiy o`zgarishlar (tajanglik, kayfiyat buziqligi, xotira pasayishi) paydo bo`lgan bo`lsa, keyinchalik jismoniy o`zgarishlar terlash, yurak tez urishi, og`iz qurishi, ozib ketish, qo`l-oyoq titrashi, rangining siniqishi, ko`z qorachiqining kengayishi ro`y beradi. Agar narkoman o`z vaqtida narkotik qabul qilmasa, organizmda kuchli ruxiy va jismoniy o`zgarishlar paydo bo`ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday paskashliklarga boradi sotqinlik, aldash, zo`rlik, o`g`riliklardan toymaydi. Organizmga narkotik modda kirmasa xumorlik boshlanadi: organizm og`ir axvolda qolib chuqur ruxiy va jismoniy o`zgarishlar yuz beradi, xatto xayot uchun xavfli voqealar yuz berishi mumkin. Organizmning hamma sistemalarida chuqur o`zgarishlar sodir bo`ladi. Kasalik rivojlangan sari organizmda darmon qurishi xam kuchaya boradi, endi narkotik moddaning kuchi organizm uchun og`irlik qiladi. Narkotik moddalarning oldingi is'temol qilib yurgan dozasi endi yomon ta'sir qila boshlaydi. Zaxarlanish og`ir kechadi. Narkotik moddaning dozasi, ozgina oshishi bilan bemor o`lib qolishi mumkin.

        Narkomaniyani davolash faqat narkologiya va psixiatriya shifoxonalarida vrachlarning qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak.  OITS- Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi butun dunyo bo`ylab bu kasallik shiddat bilan tarqalayotgan bir davrda, unga qarshi kurash ham shunday kuchli shiddat bilan davom etishi   lozim. Ayniqsa o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga bunday fojeali xastaliklar oqibatini, kelib chiqishini turli suxbatlar, tadbirlar, davra suxbatlari orqali tushuntirib borish lozim.

         OITS- Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi statistik ma'lumotlarga qaraganda, dunyo bo`yicha 40 mlndan ortiq inson OIV bilan zaralangan, O`zbekiston Respublikasida esa 10015 inson,  Toshkent shahri bo`yicha tahminan 2218 inson ushbu virus bilan zararlangan. (2006 statistikasi).

         Dunyo bo`yicha bir kunda 6800 inson zararlanar ekan, 5700 inson shu xastalik sabab yorug` olam bilan vidolashar ekan. OIV bilan zararlangan insonni tashqi ko`rinishidan umuman aniqlab bo`lmaydi, buni faqat labaratoriya tekshiruvlari yordamida aniqlash mumkin xolos. Buning yashirin davri 3 oydan 6 oygacha bo`ladi, 7 yildan 15 yilgacha esa OIV davri hisoblanadi.

           OITSning davosi yo`q, lekin inson umrini ma'lum vaqt uzaytirish uchun ARV (Antiretrovirusnayaterapiya) usulida yordam qilinadi. Bu usuldagi muolaja aslida juda qimmat hisoblanadi, lekin Respublikamizda, agar ro`yhatda tursa bepul xizmat ko`rsatiladi.

         O`zbekiston Respublikasida OIV, OITS va giyoqvandlikka qarshi kurashish tashkiloti PSI (Population Service Internation) hizmat ko`rsatib kelmoqda. Uning bir qancha loyiqalari mavjud bo`lib, ulardan biri YOUTH POWER loyihasi bolalarni vaqtlarini bekor o`tkazmasliklari va bekorchilikdan har xil nojo`ya yo`llarga kirib ketmasliklari uchun ularga bepul kurslar, to`garaklar, va turli xil konkurslar tashkillashtirib borishmoqda.

          Bunday xayrli va savobli ishni boshlaganlarning maqsadi aniq. Yoshlarni, bolalarni turli buzuq, nopok yo`llardan qaytarish, OIV virusi bilan zararlanib qolishni oldini olish maqsadida mana shu ishga bel bog`lashgan. Suhbatlar davomida shunday ma'lumotlarga ega bo`lish munkinki, virusdan saqlanishning 3 ta asosiy yo`llarini tushuntirishdir.     

       Yana bir muhim ma'lumotni aytib o`tmoqchiman, to`g`ri mana shunday OITS va giyohvandlikka qarshi kurashga bag`ishlangan tadbirlar sharqona emas, balki g`arbona usulda olib borilayotganidir, lekin ushbu tadbirlarni tashkillashtirishdan oldin, ana shu muassasa rahbarlari bilan kelishilgan holda, ya'ni aytilishi joiz bo`lgan va bo`lmagan gaplar to`g`risida maslahat ishlarini olib borish maqsadga muvofiq bo`lardi..

Biznining mintalitetimizga ba'zi narsalar to`g`ri kelmaydi, shuning uchun yoshlar orasida bunday tadbirlar o`tkazilganda yani  himoya vositalari to`g`risida  ma'lumotlar berilganda  bu holatni kimdir to`g`ri qabul qilyapti, yana kimlargadir kulgili holatiga yo`ymoqda.  Aslida uyat bo`lganda ham asr vabosidan saqlanishda hammamiz sergak tortishimiz lozim. Axir bu oddiy "o`z-o`zini ximoya qilish" instinkti-ku! Deylik, men xam xududimda shunday kasalga chalinganlar kimlar ekanligini bilgim keladi - o`zimni va farzandlarimni ulardan yuqishi mumkin bulgan bedavo va oxir-oqibatda bevaqt o`limga olib keladigan kasallikdan imkon qadar ximoya qilishni xoxlayman. Ming afsuski, kasallikka chalingan odamlar o`limga maxkum qilinganlardir. Kasallangan kishi tabiiyki o`lishni xoxlamaydi. Nega endi men o`lamanu boshqalar yashayieradi degan fikrni tuyadilar.

       Ular butun olamdan nafratlanib, kasddan boshqalarni ham zararlamasligiga kim kafillik qila oladi?Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatni zamon talablari darajasida takomillashtirish, jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda. To’g’ri ovqatlanish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, sport bilan muntazam shug’ullanish kabi qator talablarni o’zida mujassam etgan sog’lom turmush tarzi faol hayot kafolati bo’lib xizmat qiladi. XXI asrning tibbiy-ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanayotgan qandli diabet kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashishda ham aynan sog’lom turmush tarzi muhim o’rin tutadi.

– Bu xastalikni keltirib chiqaruvchi omillar ko’p bo’lib, bunga ko’pincha noto’g’ri ovqatlanish, ortiqcha semirish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, turli asabbuzilishlar sabab bo’ladi, – deydi Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri bosh vrachi Bobojon Iskandarov. – Qandli diabetga qarshi kurashish oyligi doirasida tuman va shaharlarimizdagi o’quv muassasalari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda o’tkazilayotgan davra suhbatlarida bu kasallikning sabablari va oqibatlari, har bir kishi o’z sog’lig’i uchun birinchi galda o’zi mas’ul ekani tushuntirilmoqda. Zero, bu kasallikni davolashdan ko’ra oldini olish yaxshi samara beradi.

Navoiy viloyati endokrinologiya dispanserida malakali tibbiy xizmat ko’rsatish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerda 20 o’rinli statsionar, aniq tashxis qo’yish imkonini beruvchi zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan tahlil bo’limi, nevropatolog va okulist xonalari mavjud. Bundan tashqari shahar va tumanlardagi tibbiyot birlashmalarida endokrinologiya xonalari tashkil etilgan bo’lib, tajribali mutaxassislar davolash-profilaktika ishlarini olib bormoqda.

Diabetga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan viloyat endokrinologiya dispanserida bo’lib o’tgan tadbirda soha mutaxassislari, tibbiy muassasalar shifokorlari aholi o’rtasida qandli diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari ko’lamini yanada kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbir doirasida dispanser nazoratida turgan 37 o’g’il-qiz chuqur tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Keling, xayotga real qaraylik. Chekka shaxarlarimizda, tumangizdagi deylik 4-6 bemor uchun xech kim alohida shifoxona tashkil etmaydi ( ularning tishini davolash yoki favqulotda vaziyatlar uchun - travma, avariya, ko`richak). Ular ham viruslarini ko`tarib minglab odamlar davolanadigan umumiy shifoxonaga borishadi. Shunday ekan avvalambor hammamiz o`zimizni o`zimiz asray bilishimiz, sanitariya xolatlariga rioya qilishimiz, kerak bo`lganda o`z xavsizligimizni taminlash uchun tibbiy tashkilotlarda bir marotaba qo`llanilishi kerak bo`lgan anjomlardan foydalanimimiz lozim

 Foydalanilgan adabiyotlar.

1.         Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq etiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.-T.: O`zbekiston, 2000.-32b

2.         Karimov I.A. Umidim yoshlar.-T.: Akademiya nashriyoti,1999.-30b

3.         Hulaqmedov A. Insoniyat boshidagi umumiy ofat. G`G` Hayot va qonun.-№3-2003.-B.34-36

4.         Ta'lim muassasalarida giyoxvand moddalarni iste'mol qilishni oldini olish bo`yicha asosiy yo`nalishlar. "O`ZAJBX" markazi.-T.: 2010

5.         Sh.Jabborov. Ogoh bo`l! G`G` Xalq so`zi. 2010

6. www.referatlar.uz portali.

Toshkent Turizm Kasb-hunar kolleji

I-bosqich 6o- guruh

Mavzu: Sog`lom turmush tarzi -salomatlik

garovi

Tayyorladi: Yoqubova Mushtariy

Tekshirdi:

Toshkent-2011

uz.denemetr.com

Соғлом турмуш тарзи – келажак гарови

Ўзбекистон “Адолат” СДП соғлиқни сақлаш соҳасида аҳолининг кенг қатламларига кўрсатиладиган тиббий ёрдам сифатини янада ошириш тарафдори. Партия бу борада ўз саъй-ҳарактларини соғлиқни сақлашнинг давлат секторини мустаҳкамлаш, мактаб ва мактабгача таълим муассасалари доирасида болаларни тиббий хизматлар билан таъминлаш тизимини кучайтиришга йўналтиради. Истиқлол йилларида соғлиқни сақлаш соҳасида жуда кўп ўзгаришлар бўлди, хусусан, Бухоро вилоятида ҳам бу борада жуда кўп амалий ишлар олиб борилди. Жумладан, шаҳар 1-сон оилавий поликлиникасида инвестиция лойиҳаси бўйича қайта қуриш ишлари якунланди. РШТЁИМ Бухоро филиалида Болалар жарроҳлиги бўлими капитал таъмирдан чиқарилди. Вилоят болалар кўп тармоқли тиббиёт марказининг янги биноси ишга туширилди. Болалар уйининг 4 та гуруҳини капитал таъмирлаш учун бюджет маблағлари ҳисобидан 150 млн. сўмга смета тузилди. “Асл кўркам мебел” МЧЖ билан 30 000 000 сўмга шартнома тузилиб, “Болалар уйи” тарбияланувчилари учун болалар мебели ҳамда тиббий жиҳозлар сотиб олинди.

2016 йилда оилавий поликлиникаларга “Саломатлик 3” лойиҳаси бўйича жами 23 дона тиббий аппаратуралар сотиб олинди. Вилоят кўп тармоқли тиббиёт марказининг бўлимларига 26 та компьютер тўпламлари олиб ўрнатилди ва реанимация интенсив терапия бўлимига 1 та ИВЛ аппарати харид қилиниб ўрнатилди. Марказнинг нефрология ва диализ бўлимига 2 дона гемадиализ аппарати олинди. 15 дона компьютер жиҳозлари билан таъминланди.

Соғлом боланинг дунёга келиши, бақувват бўлиб улғайиши кўпгина талаб ва омилларга боғлиқ. Лекин улар орасида шундай ўта муҳим, ҳал қилувчи мезон борки, бу ҳақида алоҳида тўхталиб ўтиш ўринли.

Соғлом бола – аввало, соғлом ва аҳил оиланинг мевасидир. Биз оилани ҳаёт давомийлигини таъминлайдиган, келажак насллар тақдирига кучли таъсир таъсир кўрсатадиган тарбия маскани сифатида қабул қиламиз. Катталарга ҳурмат, кичикларга иззат, одамийлик, ўз Ватани ва халқига садоқатли бўлиш каби олийжаноб фазилатлар айнан оила муҳитида шаклланади.

Табиийки, соғлом боланинг туғилиши, биринчи навбатда, онанинг соғлиғига боғлиқ. Бўлғуси она тўққиз ой мобайнида қандай руҳий ҳолатни бошидан кечирса, бу албатта она вужуди орқали ҳомилага таъсир кўрсатади. Шу мақсадда она ва бола соғлиғига кун сайин жуда катта эътибор қаратиб келинмоқда. Болалар орасида хавфли ўсма касаллиги билан касалланиш кўпроқ учраши сабабли ушбу касалликни ўз вақтида, онанинг ҳомиладорлик даврида аниқлаш мавзуларида жуда кўп тарғибот ишлари олиб борилмокда. Таъкидлаб ўтадиган бўлсак, партиянинг сайловолди дастурида скрининг ва перинатал марказдари, аёллар тиббий маслаҳатхоналари, гинекология ва патронаж хизматлари фаолиятини доимий такомиллаштириб бориш тарафдори эканлиги ҳам айтиб ўтилган. Туғруқ ёшидаги аёллар орасида онкологик касалликларга текширув СА 125, СА 15 га -128 та текширувларга таҳлил олиниб, 2 та саратон олди касаллиги аниқланди. 10212 нафар туғиш ёшидаги аёллар текширилганлиги натижасида 1519 та аниқланган касаллик орасидан 12 нафарида онкологик касалликлар бўлиб, улар назоратга олинди. Шунингдек, сил касаллигига хавфи юкори бўлган гуруҳларда назоратда бўлган туғиш ёшидаги аёллардан флюорография текширувларига режалаштирилган 65243 нафар аёлдан 45421 нафари текширувдан ўтказилиб, 23 нафар аёлга сил касаллиги аниқланди ва даволанишларга жалб этилди.

Келиб чиқадиган касалликларни олдини олиш мақсадида оилавий поликлиникаларда, тиббий муассасаларда деярли барча юқумли касалликларга қарши эмлаш ишлари олиб борилмоқда. Вилоятимизда шу йилнинг ўтган даврида 25079 нафар чақалоклар силга, 25013 нафари гепатитнинг “В” турига ва шолга карши эмланди. 1 ёшгача бўлган 83041 нафар бола дифтерия, кўк йўтал, қоқшол, ХИББ ва гепатитнинг “В” турларига, 2 ёшгача бўлган 25800 нафар бола шолга, дифтерия, кўк йўталга қарши, 27521 нафар бола эса қизамиқ, эпид паротит ва қизилча касаллигига карши эмланди. 2016 йилнинг 2-10 май кунлари “Болалар саломатлик ҳафталиги” деб белгиланди ва витамин “А” саплементациясининг навбатдаги XVI-тури барча шаҳар, туман тиббиёт бирлашмаларида 6 ойдан 5 ёшгача бўлган болалар орасида ўтказилди.

Нафақат янги туғилган чақалоқлар, балки олий ва ўрта таълим даргоҳларининг бир қанча ёшлари тиббий кўрикдан ўтказилиб келинмоқда. Масалан, 123966 нафар 2-7- синф ўкувчиларига гепатит “В” га қарши эмлаш олиб борилган бўлса, 5799 нафар коллеж ва 1401 нафар Бухоро тиббиёт институти талабалари ҳам эмланди. Бу эса ёшларнинг ҳар томонлама соғлом ва бақувват бўлиб улғайишларига кўмак бўлади.

Юрт фарзандларининг соғлом бўлиб улғайишлари мақсадида нафақат республикамизда, балки бошқа чет мамлакатларда ҳам ҳамкор ташкилотлар кўмагида  бир неча нафар болалар даволаниб келишмоқда. Хусусан, “Соғлом авлод” хайрия жамғармаси билан биргаликда 2016 йил 16 март куни Германия давлатининг “Фриеденздорф интернейшнл” ташкилоти мутахассислари томонидан Қарши шаҳрида ўтказилган тиббий кўрикда Бухоро вилоятининг 29 нафар болалари кўрикдан ўтказилди ва 3 нафар болалар Германия клиникаларида даволаниш учун танлаб олинди.

Туғма юрак етишмовчилиги бўлган 10 нафар болаларга Республика клиникалари ва марказларида, 5 нафар болаларга Ҳиндистон давлатида, 3 нафар болаларга Россия давлатида жами 18 нафар болага, 2016 йил 25-26 март кунлари Ўзбекистан Республикаси травматология ва ортопедия илмий текшириш институти мутахассислари томонидан вилоят болалар кўп тармоқли тиббиёт марказида 6 нафар таянч-ҳаракат тизимида нуқсони бўлган болаларга жарроҳлик амалиёти ўтказилди.

Шунингдек, бу марказда кўкракдан эмизишни рағбатлантириш ва кўллаб-қувватлаш ҳафталиги ҳам ўтказилиб келинди.

Мамлакатимизнинг Биринчи Президенти Ислом Каримовнинг “Фарзандлари соғлом юрт қудратли бўлур, қудратли элнинг фарзандлари соғлом бўлур ” деган ҳикматли ибораларини яна бир маротаба эсга олсак, дарҳақиқат, эртанги кунимизни қуришда, Ўзбекистонимизнинг ривожланган демократик давлатлар қаторига киришида, жаҳон майдонида муносиб обрў топишида энг муҳим омил – бу ҳам жисмоний, ҳам маънавий жиҳатдан соғлом ва ҳеч кимдан кам бўлмасдан, бошини баланд кўтариб, Ватанимизнинг тақдири ва келажаги учун масъулиятни ҳис қилиб яшайдиган баркамол авлод, десак, адашмаган бўламиз.

Ҳар биримизнинг жамиятда ўз ўрнимизга эга бўлишимизда, унинг ривожига ҳисса қўшишимизда албатта соғлом турмуш тарзи катта аҳамиятга эга. Она соғлом, бўлса фарзанд соғлом бўлади, демакким, оила ҳам соғлом бўлади, шубҳасиз, келажаги буюк давлатни ҳар томонлама соғлом ва баркамол авлодлар қура олади.

Моҳигул Абдуллаева,

Ўзбекистон “Адолат” СДП

Бухоро вилоят Кенгаши матбуот котиби

 

 

Соғлом турмуш тарзи – келажак гарови was last modified: Ноябрь 7th, 2016 by matbuot

adolat.uz

Sog`lom turmush tarzi alifbosi

Sog`lom turmush tarziga rioya qilishni hamma istaydi, ammo buni uddalaydiganlar kam. Buni birdaniga emas, bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak. Quyida biz ana shu bosqichlarni alifbo tartibiga solib, e`tiboringizga xavola etayapmiz. Eslab qolish ham, amal qilish ham oson bo`lsin uchun!

Asal — shakarning eng yaxshi o`rinbosari. Agar bo`tqa, shirguruch, qatiq yoki choyni shirin qilmoqchi bo`lsangiz, shakar o`rniga asal qo`shing. Asal moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirib, qon tarkibini yaxshilaydi.

BFQ (biofaol qo`shimchalar) va vitaminlarni bo`lar-bo`lmasga qabul qilavermang. Mutaxassislar bugungi kunda ko`pchilikda vitamin va mikroelementlar tanqisligi kuzatilayotganini ta`kidlashsa-da, bu moddalarni iloji boricha tabiiy oziq-ovqat mahsulotlaridan olish kerakligini ham uqdirishadi. Mahsulotlarni to`g`ri tanlash, saqlash va tayyorlash orqali ulardagi vitamin va minerallarni imkon qadar ko`proq saqlab qolamiz hamda o`zlashtiramiz.

Vaqtingizni to`g`ri taqsimlang, ayniqsa, dam olish kunlarini. Ko`pchilik dam olish kunlari mazza qilib uxlab olishni ko`zlaydi. To`g`ri, uyqu tanqisligi organizmni holdan toydirib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ammo hafta davomida charchab, dam olish kuni peshingacha uxlagan odam lanj bo`lib qolishi ham amalda ko`p isbotlangan. Olimlar voyaga etgan insonning bir sutkalik uyqu me`yori sakkiz soat ekanini ta`kidlashadi. Qolgan vaqtni esa faol hordiq chiqarish — sport, madaniy dam olish yoki yaqinlar bilan muloqotga bag`ishlash maqsadga muvofiq.

Gapi bilan ishi bir yulduzlardan o`rnak oling. Masalan, Hollivud yulduzi Keyt Xadson sog`lom turmush tarzi orqali o`z hayotini boshqarib borishga erishganini aytadi. «Yonida farzandi o`sib kelar ekan, unga sog`lom turmush tarzini shaxsiy ibrat qilib ko`rsatish har bir ota-onaning burchidir», deydi u. Jennifer Eniston esa yoga bilan shug`ullanish va ko`p suv ichishni sog`lom turmush tarzining asosi deb biladi.

«Dam shu damdir, o`zgasini dam demang». Salbiy xotiralar va hissiyotlarga erk bersak, ular hayotimizning 90 foizini egallab olib, bizni boshqarishga o`tadi. Badbin (pessimist) odamlar shunday: yo o`tmish xotiralari yoki kelajak orzulari bilan yashab, bugungi kun haqida unutib qo`yishadi. Natijada hayot zavqini totmay o`tib ketadilar. Hovlingizdan ufurib turgan rayhon isi, farzandingizning kulgisi, sevimli insoningiz bilan shunchaki suhbatlasha olish imkoni — baxt ana shu «mayda-chuyda»lardan tarkib topadi. Ularning qadriga eting!

Eyish-ichish reja bilan bo`lsin. Bir haftalik taomnomani oldindan rejalashtirib oling. Har kuni soat nechada nimani qancha miqdorda eyishingizni rejalashtirib, unga amal qilsangiz, ortiqcha vazn muammosiga duch kelmaysiz. Bu usul vaqtingizni ham, pulingizni ham tejaydi. Chunki qorningiz ochganda duch kelgan narsani falon pulga olib eyavermaysiz.

Juda foydali uyqu vaqti qachonligini bilasizmi? Olimlar har bir insonning bioritmini melatonin gormoni boshqarib borishini isbotlashgan. Bu gormonning eng yuqori miqdori soat 24 bilan tonggi 4 orasida ishlab chiqarilar ekan. Demak, soat 24 ga qadar qotib uxlab qolgan bo`lishingiz kerak. Shunda qarish jarayonini sekinlashtiruvchi va immunitetni oshiruvchi melatonin gormonini organizmingiz etarli miqdorda ishlab chiqarishi mumkin.

Zar ham, zo`r ham kerak emas. Ya`ni sog`lom turmush tarziga rioya etish uchun ko`p mablag` va kuch sarflash kerak, degan fikr noto`g`ri. Aslida supermarketdan sotib olingan tayyor yoki yarimtayyor mahsulotlar bir necha barobar qimmatga tushadi. Qanday tayyorlangani va tarkibini aniq bilmaganingiz uchun salomatligingizni ham xavfga qo`yasiz. Sabzavot, meva va sut mahsulotlari yog`siz go`sht, o`simlik yog`i, dumba, jigaru dudlangan kolbasalardan ham arzonroq, ham foydaliroq.

Italyan oshxonasiga e`tibor berganmisiz? Aslida qattiq navli bug`doy unidan tayyorlangan lag`monu pomidor qaylasi spagetti o`z nomi bilan italiyaliklarga nisbat berilsa-da, dunyoning ko`p mamlakatlarida bu taom asrlar mobaynida tayyorlanib, iste`mol qilib kelingan. Xususan, bizda ham. Va bu bekorga emas ekan. Amerikalik olimlarning xulosalariga ko`ra, bu taom ko`p kasalliklarning oldini olarkan. So`zimiz isboti uchun fakt: italiyaliklar o`rtacha 79,4 yil umr ko`rishadi!

Kaloriyalarni hisoblashni o`rganing. Ularning nafaqat miqdori, balki sifati ham ahamiyatga ega. Sifatli kaloriyalarni iste`mol qilish uchun taomni to`g`ri tayyorlay bilish kerak. Masalan, qovurish o`rniga dimlash, qaynatish o`rniga bug`da pishirish, ko`p miqdordagi yog`da qovurish o`rniga gaz pechida dimlash usullaridan foydalaning. Shuningdek, makaronni biroz «tirikroq» pishirib olish, kartoshkani po`chog`ini archmagan holda oz miqdordagi suvda qaynatish kabi oddiy amallar orqali taomingiz ham xushxo`r, ham vitaminlarga boy va hazmi oson bo`ladi.

Litrlab suv iching! Kuniga ikki litr suv — har bir voyaga etgan sog`lom inson uchun zaruriy me`yor. Aynan suv yoshligimiz va husnimizni asrab turadi. Suv moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, hujayralarni to`yintiradi va organizmni tozalaydi. Shuning uchun kuniga kamida 8 stakan (1 stakan=250 ml) suv ichishga odatlaning.

Mehru e`tibor vositasida salomatlikka erishing. Har kuni kechqurun vaqtingizni televizor qarshisida o`tkazasiz, shundaymi? Balki xohishingizga qarab boshqa foydaliroq mashg`ulot o`ylab toparsiz. Masalan, turmush o`rtog`ingiz bilan bir piyola choy ustida suhbat yoki ochiq havoda birgalikda sayr deganlaridek. Bu oila mustahakamligini ta`minlashi yaqinda o`tkazilgan tadqiqotlarda yana bir bora isbotlandi. Demak, ham sog`lom turmush tarzi, ham mustahkam oilaviy munosabatlar, ya`ni bir o`q bilan ikki quyonni urasiz.

Namak (tuz) va shakarni suiiste`mol qilmang. Uch kungina ularni umuman iste`mol qilmang-chi, nima bo`larkin? Odatdagi muzqaymoq ko`ngilni aynitar darajada shirin, taomlar esa sho`r tuyula boshlaydi. Tuzu shakar iste`molini chegaralab, mahsulotlarning asl, tabiiy ta`mini his etishni boshlaysiz. Hatto non, choy va sabzavotlarning o`ziga xos ta`mi mavjudligini yaqqolroq sezasiz.

Oldini olish davolashdan osonroq. Buni hamma biladi, ammo har doim ham amal qilavermaydi. Vaqti-vaqti bilan tish doktori, ginekolog, terapevt, endokrinolog kabi shifokorlarga uchrab turish, ultratovush tekshiruvidan o`tish hamda umumiy tahlillarni topshirish orqali tanangizda kechayotgan zohiru botin jarayonlardan xabardor bo`lasiz. Biror dard boshlanayotganini darhol aniqlab, oson davolanib olasiz.

Pala-partish ovqatlanmang. Har kuni bir xil vaqtda sog`lom oziqlanish kerak. Yo`l-yo`lakay biron nima (fast-fud) kavshab olish odatingizni tashlang. Ovqatlanishga xuddi ertalabki pardoz yoki uyqudan oldingi dush kabi jiddiy qarab, ma`lum vaqt ajrating. Yana bir gap: soat 18 dan keyin ovqatlanish zararli, degan xulosa unchalik to`g`ri emas. Agar soat 21 da uyquga yotadigan bo`lsangiz, bu qoidaga amal qilganingiz ma`qul, albatta. Gap shundaki, kun oxiridagi taom bilan uyqu orasida kamida 2-3 soat bo`lishi kerak. Shuning uchun soat 20 gacha kechki ovqatni eb bo`lish lozim. Faqat kechqurunga kartoshka, makaron kabi kraxmalli taom va shirinliklar emaganingiz ma`qul.

Raqs ham salomatlik uchun foydali. Boshqa harakatli mashg`ulotlar ham shunday. Kun davomida 2-4 marta 10 daqiqadan raqs tushish yoki jismoniy mashqlarni bajarish qonni yaxshi yurishtirib, tomirlardagi tiqinlarni ochadi. Vaqtim yo`q, deysizmi? Ish paytida ora-chora g`iybatlashish yoki internetda sayr qilishga vaqt topasiz-ku! O`sha vaqtni o`zingiz, tanangiz uchun foydali tarzda sarflashingiz ham mumkin. O`ylab ko`ring!

Sabzavot va meva sharbatlarini paydar-pay ichavermang. Sharbatlar miqdori kundalik iste`mol qiladigan meva-sabzavotlar miqdoridan ortib ketmasin. Chunki yangi siqib olingan sharbatlarning haddan ortig`i qizilo`ngach va oshqozonga zarar etkazishi mumkin. Ayniqsa, sitrus mevalar kislotalari tish emalini emiradi. Shu sababli ularni suvga aralashtirib, maxsus naycha orqali iching.

Turmush tarziga ta`sir o`tkazuvchi quyidagi 10 ta omilni mutaxassislar alohida e`tirof etishadi:

  • oilaviy an`analar;
  • savod va aql-idrok;
  • umumiy xavfsizlik qoidalariga rioya etish;
  • maishiy qulayliklar;
  • ovqatlanish tarzi;
  • jismoniy faollik;
  • salbiy odatlar (spirtli ichimliklar, tamaki, giyohvand moddalar, kompyuter o`yinlari)dan xolilik;
  • shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish;
  • nekbinlik (optimizm);
  • mustahkam ijtimoiy aloqalar (oila, qavm-qarindosh va do`st-birodarlar)ning mavjudligi.

Umrbod o`qishdan to`xtamang. Kuniga hech bo`lmasa 20 daqiqani o`qish-o`rganishga bag`ishlang. Bu ma`lum bir davrda emas, butun umr davomida odatingiz bo`lib qolsin. Faraz qiling, til o`rganayapsiz. Kuniga atigi 5 ta yangi so`z yodlasangiz, bir yilda bir yarim ming so`zni o`zlashtirasiz. O`qish-o`rganish sizni maishiy tashvishlardan chalg`itib, ruhiyatingizga ozuqa bo`ladi va kayfiyatingizni yaxshilaydi.

Fitnes bilan shug`ullaning. Bu siz o`ylaganingizdek ko`p vaqt talab qilmaydi. Salomatlik uchun sport klubiga haftada 1-3 marta borsangiz, kifoya. Bir-bir yarim soat shug`ullanish maqsadga muvofiq.

Xandani qilmang kanda. Yaxshi kayfiyat inson umrini uzaytirishi fanda ham isbotlangan. Kulgi orqali organizmning himoya resurslari faollashadi, immunitet kuchayadi, yurak-qon tomir, endokrin va asab tizimi faoliyati yaxshilanadi. Qolaversa, 5 daqiqa qotib kulgan inson 200 kilokaloriya yo`qotar ekan!

Choy — ham mazali, ham foydali ichimlik. Qora choy stressni yo`qotadi. U stress gormoni kortizol miqdorini kamaytiradi. Yalpizli choy miya faoliyatini yaxshilab, diqqatni jamlashga yordam beradi. Ko`k choy yog`larning organizmda to`planib qolishiga yo`l qo`ymaydi, organizmni xiltlardan tozalaydi.

Shokolad borasida Kembrij universiteti olimlarining eng so`nggi tadqiqotlari xulosasi shundan iboratki, achchiq shokolad yuqori qon bosimining oldini olarkan. Qora shokoladdan me`yorida iste`mol qilib yurganlarda yurak-qon tomir xastaliklari xavfi 37 foizga kamayibdi. Lekin asosiysi, me`yorni unutmaslik kerak!

Yaxshisi — yangisidir! Bu meva, sabzavot, rezamevalarga taalluqli gap. Biz meva-sabzavotlardan turli murabboyu sharbatlar, marinadu qovurmalar qilishga ruju qo`yamiz. Ammo ulardan pishib etilgan paytida to`yib eb olganga nima etsin! Shundagina organizmimiz ular tarkibidagi foydali moddalarni to`liq o`zlashtirib oladi. Bankaga joylanganlari esa shunchaki qishda og`izga maza kiritish uchun, xolos. Ulardan foyda kam. Ko`katlar to`g`ralgandan so`ng 2 soat o`tgach, foydali xususiyatining 50 foizini yo`qotadi.

Shahnoza SOATOVA tayyorladi

darakchi.uz

Биз соғлом турмуш тарзи тарафдоримиз!

Мамлакатимиз мустақил бўлгач, Президентимиз Ислом Каримов раҳнамолигида юртимизда амалга оширилаётган кенг қамровли ислоҳотлар, халқимиз турмуш шароитини яхшилашга қаратилган изчил чора-тадбирлар тизимида соғлиқни сақлаш ва аҳоли саломатлигини муҳофаза қилиш ҳам алоҳида ўринга эга. Тиббий хизмат кўрсатиш тизими тўлиқ қайта кўриб чиқилиб, аҳолига бепул шошилинч ва юқори малакали тиббий ёрдам кўрсатиш учун энг юксак талабларга жавоб берадиган ихтисослаштирилган шифохона, бўлимлар тармоғининг ташкил этилиши бу босқичнинг самарали натижаларидан биридир. Шунингдек, қишлоқ жойларида врачлик пунктларининг бунёд этилиши аҳоли саломатлигига берилаётган эътиборнинг юксак намунасидир.

Одамзотнинг соғлиғи авваломбор, унинг ўзига боғлиқ эканини унутмаслик керак. Бунинг учун инсон ўз ҳаётини оқилона йўлга қўйиши лозим. Зеро, ҳар қандай касалликнинг олдини олиш, аввало, соғлом ҳаёт тарзи, турмуш маданиятини талаб қилиши табиийдир.

Ўзбекистон “Адолат” СДП сайловолди дастурида соғлиқни сақлаш соҳасида аҳолининг кенг қатламларига кўрсатиладиган тиббий ёрдам сифатини янада ошириш тарафдори экани алоҳида қайд этилган. Шунингдек, партия бу борада ўз саъй-ҳаракатларини соғлиқни сақлашнинг давлат секторини мустаҳкамлаш, мактаб ва мактабгача таълим муассасалари доирасида болаларни тиббий хизматлар билан таъминлаш тизимини кучайтиришга йўналтиради.

Сайловолди дастурлардан келиб чиққан ҳолда Ўзбекистон “Адолат” СДП Ромитан туман Кенгаши ташаббускорлигида Ромитан Педагогика ва енгил саноат касб-ҳунар коллежи ҳамкорлигида “Биз соғлом турмуш тарзи тарафдоримиз” мавзусида давра суҳбати ташкил этилди. Тадбирда Ўзбекистон “Адолат” СДП Ромитан туман Кенгаши раиси Жамшид Аминов, коллеж директори Шерали Тойиров, коллеж шифокори Наргиза Ўринова, коллеж хотин-қизлар қўмитаси раиси Санобар Шукурова, “Камолот” ЁИҲ бошланғич ташкилот етакчиси Шоҳида Ражабова ҳамда коллеж ўқувчилари иштирок этишиб, “ОИВ инфекцияси, унинг юқиш йўллари, профилактикаси”, “Гиёҳвандлик давр талаби, унинг асоратлари”, “Соғлом турмуш тарзи асосларини мактаб ва коллежларда тарғиб қилиш” мавзулари доирасида фикр алмашишди.

Наргиза Ўринова, Ромитан Педагогика ва енгил саноат касб-ҳунар коллежи шифокори:

— ОИВ-инфекцияси XXI асрнинг энг муҳим муаммоларидан бири бўлиб, ушбу касаллик бутун ер юзига тарқалиб, кўплаб давлатларнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишига салбий таъсир қилмоқда. ОИВ муаммоси фақатгина тиббиёт муаммоси бўлмай, бошқа соҳаларни ривожлантиришга ҳам тўсқинлик қилади. ОИВ нафақат муайян инсонлар ҳаётини бузмасдан, балки, бутун давлат ривожланишини орқага тортувчи жараён ҳисобланади. Илк бора ОИВ-инфекцияси ўзининг охирги босқичида ва “Орттирилган Иммунитет танқислиги синдроми” — ОИТС номини олган. Юртимизда вирусли касалликларнинг олдини олиш мақсадида кенг кўламдаги амалий ишлар олиб борилмоқда. Шунингдек, мактаб ва коллежларда бу борада ўтказилаётган тадбирлардан асосий мақсад – ёшларни соғлом турмуш тарзи йўлида бирлаштириш ҳамда  огоҳликка  чақириш.

Тадбирда коллежнинг “Камолот” ЁИҲ бошланғич ташкилот етакчиси Шоҳида Ҳотамова сўзга чиқиб, чекиш, гиёҳвандлик ва унинг оқибатлари, бу иллатлар билан ОИВ ва бошқа касалликларнинг ўзаро боғлиқлиги тўғрисида, ёшларни соғлом турмуш кечиришга, ўзларини чиниқтириб боришга даъват этиш тўғрисида маъруза қилди.

Коллеж хотин-қизлар қўмитаси раиси Санобар Шукурова таълим муассасаларида тиббиёт билан боғлиқ дарсларининг самарали ўтишида илғор педагогик технологиялардан фойдаланиш, ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзи тамойиллари, репродуктив ҳуқуқ асосларини тарғиб қилиш бўйича фикрларини билдириб ўтишди. Соғлом турмуш тарзига риоя қилмаслик оқибатида ногирон фарзандларнинг туғилиши, унинг олдини олиш йўл-йўриқлари кўрсатилди. Ўсаётган ёш авлодни соғломлаштириш мақсадида давлатимиз томонидан катта эътибор берилганлиги ҳам алоҳида таъкидлаб ўтилди.

 

Моҳигул Абдуллаева,

Ўзбекистон “Адолат” СДП

Бухоро вилоят Кенгаши матбуот котиби

Биз соғлом турмуш тарзи тарафдоримиз! was last modified: Сентябрь 15th, 2016 by matbuot

adolat.uz


Смотрите также

 

..:::Новинки:::..

Windows Commander 5.11 Свежая версия.

Новая версия
IrfanView 3.75 (рус)

Обновление текстового редактора TextEd, уже 1.75a

System mechanic 3.7f
Новая версия

Обновление плагинов для WC, смотрим :-)

Весь Winamp
Посетите новый сайт.

WinRaR 3.00
Релиз уже здесь

PowerDesk 4.0 free
Просто - напросто сильный upgrade проводника.

..:::Счетчики:::..

 

     

 

 

.